--

KUSHXONADAN DASTURXONIMIZGACHA

KUSHXONADAN  DASTURXONIMIZGACHA
Chop etilgan 15 сентября, 2026

“Kushxona” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “kush” so‘ymoq, o‘ldirmoq ma’nosini anglatadi. Tarixda bu so‘z odamlar qatl etiladigan joylarga nisbatan ham qo‘llangan. Bugun esa viloyatimizda 8 ta kushxona mavjud bo‘lib, u yerda chorva mollari so‘yiladi.

Bugun viloyatimizda mollar so‘yilishi uchun kushxonalar yetarlimi? Ulardagi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi kim tomonidan nazorat qilinadi? Muhimi, u yerdan aholi iste’moli uchun yaroqli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari chiqarilishiga kim kafolat beradi?
Viloyat veterinariya va chorva-chilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Rahmonovning ma’lumot berishicha, Yangiyer shahrida bitta, Boyovut tumani va Guliston shahrida ikkitadan (bittasida faoliyat to‘xtatilgan), Sardoba, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida bittadan xususiy kushxona mavjud. Bunday ixtisoslashtirilgan mol so‘yish korxonalarining tashkil etilishi, avvalo, iste’molchining dasturxoniga tortiladigan go‘sht mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 386-sonli qaroriga muvofiq chorva mollarini belgilanmagan joylarda so‘yish taqiqlangan. Mol so‘yiladigan joy sanitariya sharoiti va veterinariya nazorati ostida bo‘lsa, iste’molchining xavfsizligi ham ta’minlanadi.
Kushxonalarda so‘yiladigan mol, avvalo, veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi. Mol egasiga go‘shtning iste’molga yaroqliligi tekshirilgani haqida elektron axborot tizimiga
kiritilgan 4-formatdagi ma’lumot-noma beriladi. Ya’ni “mendan ketgun-cha, egasiga yetguncha” qabilidagi nazoratsiz jarayondan farqli o‘laroq bu yerda hayvonning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumot ham qayd qilinadi.
Ilgari kushxonalar kamligi sababli
bunday imkoniyatlar ham cheklan-gan edi. Bugun esa xususiy sektor hisobiga ularning soni ortib bormoq-da. E’tiborlisi, mavjud 8 ta kush-xonaning 3 tasida aynan shu yilning o‘zida ish boshlangan.
Sirdaryo tumanidagi “THE BEST MEAT SIRDARYA” MCHJga qarashli kushxonaga tashrifimiz davomida tadbirkor va veterinar Shag‘zod Temirov bizni mol so‘yilishidan oldingi veterinariya tekshiruvi jarayoni bilan tanishtirdi. Uning aytishicha, kushxonaga olib kelinayotgan mollarning qariyb 90 foizini go‘sht uchun boqilgan buqalar tashkil etadi.
— Olib kelingan mol kamida 12 soat davomida maxsus xonada saqlanadi. Shundan so‘ng uning tana harorati o‘lchanib, qon tahlillari olinadi. Kasallik aniqlanmaganidan keyin so‘yiladi. Go‘shtning iste’molga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtiriladi, — deydi u.
Kushxona hududini ko‘zdan kechirar ekanmiz, so‘yilgan mollardan chiqadigan biochiqindilar va qon uchun alohida, betonlashtirilgan chuqurlar ajratilganiga guvoh bo‘ldik. Bu chiqindilar ham tadbir-kor uchun daromad manbai ekan. Qon va keraksiz bezlar baliq boqila-digan hovuzlarga yo‘naltirilishi, biochiqindilardan esa fermer xo‘jaliklari va tomorqalarda tabiiy o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Ammo viloyatdagi 8 ta kushxo-
nadan chiqayotgan go‘sht mahsulot-lari aholi ehtiyojini qondiryaptimi? Joriy yilning avgust oyiga qadar viloyatimizdagi kushxonalarda 2 102 bosh qoramoldan 394 956 kilogramm miqdorida go‘sht mahsulotlari chiqa-rilgan. SanPIN qoidalariga ko‘ra, bir kishi kuniga 200 gramm go‘sht iste’mol qilishi me’yorini hisobga olsak, yanvar-avgust oylaridagi 244 kun davomida viloyatimizning 952 600 nafar aholisi uchun qariyb 46,5 tonna go‘sht kerak bo‘ladi. Kushxonalardan chiqqan 394 956 kilogramm go‘sht esa bu ehtiyojning atigi 0,85 foizini qoplaydi.
Boshqacha aytganda, kushxo-nalardan chiqqan go‘shtni viloyat aholisi soniga taqsimlasak, sakkiz oy davomida bir kishiga o‘rtacha 415 grammdan, kuniga esa bor-yo‘g‘i 1,7 grammdan to‘g‘ri keladi. Biroq bu viloyatda mavjud jami go‘sht hajmi emas. Mahalliy aholi tomonidan so‘yiladigan, eksport qilinadigan hamda parranda go‘shtlarining iste’molini ham hisobga olish darkor.
Go‘sht mahsulotini ko‘paytirish bilan masalaning faqat bir tomoni hal etiladi. Bozor rastalarida go‘sht ko‘p bo‘lsa-yu, xaridor topilmasa, bu esa boshqa muammoni keltirib chiqaradi. Albatta, bunda mahsulotning tannarxi va aholining xarid qobiliyati kabi omillar ham muhim.

Yana bir jihat shundaki, iste’molga yaroqli go‘sht, avvalo, sog‘lom chorvadan olinadi. Xo‘sh, bugun viloyat veterinariya va chorva-chilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan chorva mollari kasallik-lariga qarshi emlash ishlari qay darajada olib borilmoqda?
— Statistikaga ko‘ra, viloyati-mizda jami 6 million 688 ming 500 bosh chorva mollari mavjud bo‘lib, shundan 306 147 boshini qoramollar tashkil etadi. Aholi soniga nisbatan qoramollar eng ko‘p hudud sifatida Sayxunobod tumanini ko‘rsatish mumkin. U yerda har 100 kishiga 59 bosh, Guliston tumanida 47 bosh, Oqoltin tumanida esa 45 bosh qoramol to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkich Shirin shahrida — har 100 kishiga 11 bosh, Guliston shahrida 9 bosh, Yangiyer shahrida esa atigi 7 bosh qoramol to‘g‘ri keladi. Bunda
shaharlarning chorvachilik uchun imkoniyati cheklanganini ham hisob-ga olish kerak, – deydi mutaxassis.
Darvoqe, chorva mollarini boqish jihatidan yetakchi o‘rinda turgan Guliston va Oqoltin tumanlarida kushxonalar yo‘q. Kushxonalar infiratuzilmasini aynan chorvachilik salohiyati yuqori hududlarda tashkillashtirish xususiy sektorlarga tadbirkorlik qilish imkonini beradi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud 6 688 500 bosh chorva hayvonining 1 258 997 tasi tuman va shahar veterinariya mutaxassislari tomonidan kasalliklarga qarshi emlangan. Bu jami chorvaning taxminan 18,8 foizi degani. Ya’ni har besh bosh chorvaning bittasiga ham yetmaydi. Chorvachilikda kasalliklarning oldini olish, emlash va veterinariya nazoratini kuchaytirish iste’molchining dasturxoniga yetib keladigan go‘shtning xavfsizligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biridir.
So‘nggi paytlarda xalq orasida va ijtimoiy tarmoqlarda “mollar uchun pasport berilyapti,” degan gaplar ham turlicha talqin qilinmoqda. Aslida chorva mollarining barcha turlari emas, hozircha faqat qoramollar navbatma-navbat ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Veterinariya mutaxassislari xonadonlarga borib, qoramollarni ro‘yxatga olish jarayonida ayrim aholining e’tirozlariga ham duch kelishmoqda. Ba’zilar “keyinchalik har bir mol uchun soliq to‘laymiz”, yana kimdir “bu nafaqa yoki ijtimoiy yordamimizga ta’sir qiladi”, degan xavotir bilan ro‘yxatdan o‘tkazishga qarshilik qilmoqda. Vaholanki qoramollarni identifikatsiya qilish-ning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatdagi chorva zaxirasi haqida aniq ma’lumot shakllantirish, ularning harakatini raqamli nazorat qilish va veterinariya tadbirlarini samarali tashkil etishdir.
Sifatli go‘sht mahsulotini bozorga
chiqarish ortida ancha katta mashaq-
qat turibdi: chorvani boqish, emlash, identifikatsiya qilish, so‘yish, sanitariya talablariga rioya etish, chiqindilarni zararsizlantirish, go‘shtning iste’molga yaroqliligini aniqlash va nihoyat uni iste’mol-chilarga sifatli yetkazish. Buning uchun veterinariya mutaxassislarining hissasi alohida ahamiyatga ega.
Marjona HAYITBOYEVA


Теги::