--

BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!

BIR VATAN, BIR EL,  BIR BAYROQ!
Chop etilgan 17 ноябр, 2026

Davlatimiz ramzi – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz böylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida Respublika bayroq estafetasiga start berilgan edi. Uşbu ezgu taşabbus doirasida yurtimizning turli hududlari böylab yölga çiqqan muqaddas bayroğimiz Sirdaryo viloyatiga ham yetib keldi. Guliston şahridagi  “Yurt bayroği” maydonida estafeta iştirokçilarini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.


Özbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taşkil etilgan mazkur estafeta davlat bayroğiga hurmat va ehtiromni yanada yuksaltiriş, xalqimizni yagona Vatan va umumiy qadriyatlar atrofida birlaştiriş, yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Respublika miqyosida uç yönalişda taşkil etilgan estafeta 208 ta tuman va şaharni qamrab olib, qariyb 2 440 kilometr masofani bosib ötmoqda. Uning har bir manzilda tantanali kutib olinişi esa bayroğimizga bölgan yuksak ehtirom, milliy ğurur va birdamlikning yorqin ifodasidir. Guliston şahrida  ötkazilgan tantanali marosimda Davlat bayroğimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos örni, uning mustaqilligimiz, ozodligimiz va milliy özligimiz timsoli ekani alohida ta’kidlandi. Bayroqning Sirdaryo zaminiga kirib kelişi viloyat aholisi uçun ham unutilmas va faxrli voqeaga aylandi. Ta’kidlaş joizki, estafeta uç yönalişda harakatlanmoqda. Ğarbiy yönalişda Qoraqalpoğiston Respublikasidan yölga çiqqan bayroq Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax orqali Sirdaryoga yetib keldi. Janubiy yönaliş Termiz şahridan boşlanib, Qaşqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo orqali Toşkent viloyatiga tutaşmoqda. Şarqiy yönaliş esa Andijondan boşlanib, Farğona va Namangan viloyatlari orqali poytaxt sari davom etmoqda. Sirdaryodagi tantanali marosimdan söng bayroğimiz özining navbatdagi manzili – Toşkent viloyatining Nurafşon şahriga yöl oldi. 17-noyabr kuni uç yönalişdan olib kelinayotgan bayroqlar aynan şu yerda birlaştiriladi. 18-noyabr kuni esa uç tomondan yölga çiqqan bayroqlar Toşkent şahriga kirib keladi. Poytaxtning 12 tumanidan odimlayotgan karvonlar markazga jamlanib, estafetaning tantanali yakuni “Xalqlar döstligi” san’at saroyi oldida bölib ötadi. Şu kuni soat 17.00 da Respublika bayroq festivali boşlanadi. Darhaqiqat, Davlat bayroği xalqimizning keçagi tarixi, bugungi bunyodkorligi va ertangi yoruğ kelajagini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Uning ostida turli kasb, yoş va qaraşdagi insonlar yagona maqsad – Vatan ravnaqi yölida birlaşadilar. “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ötkazilayotgan uşbu estafeta ham ana şu birlik va hamjihatlikning yorqin namunasidir. Bayroğimiz qaysi manzilda hilpiramasin, u barçamiz uçun birdek aziz, birdek muqaddas!

Diyora ISMOILOVA

Diyora ISMOILOVA
Diyora ISMOILOVA
Muxbir
Teglar::